8458.16 USD +9.27

9501.05 EUR +38.29

129.74 RUB -0.07

10994.8 GBP -133.27

23:48 / 28.11.2018 7112

Magnus Karlsen shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvonini himoya qildi

Londonda norvegiyalik Magnus Karlsen va amerikalik Fabiano Karuana o‘rtasida dunyo shaxmat toji uchun matchning tay-breyki o‘tkazildi.

Unda 27 yoshli Karlsen 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va 2013 yildan beri egalik qiladigan shaxmat tojini saqlab qoldi.

Qayd qilish joizki, 12ta partiyadan iborat asosiy bahslarning barchasi durang natija bilan yakunlanganidan so‘ng, shaxmatchilar 25 daqiqa + 10 soniya vaqt bilan chegaralangan 4ta qo‘shimcha partiyani (tay-breyk) o‘tkazishi lozim edi. Karlsenning qatorasiga 3ta g‘alabasidan so‘ng, 4-partiyaga hojat qolmadi.

Jahon chempionligi uchun match
London, Buyuk Britaniya
Tay-breyk
Fabiano Karuana (AQSh) – Magnus Karlsen (Norvegiya) – 0:3
Umumiy hisob – 6:9

Top