18:35 / 28.11.2018
25135

«Oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritishi haqidagi ma'lumot oshkor qilindi

Foto: AFP

Onda Cero jurnalisti Ektor Fernandes 2018 yil yakuniga ko‘ra, «Oltin to‘p» sovrinini kim qo‘lga kiritishi haqidagi o‘ziga ma'lum bo‘lgan axborot bilan o‘rtoqlashdi.

«Modrich «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi, Krishtianu ikkinchi, Grizmann uchinchi bo‘ladi», – dedi Fernandes Radioestadio efirida.

France Football tomonidan «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 3 dekabr kuni o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Modrich FIFA tomonidan 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Mavzuga oid
Top