8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

17:47 / 28.11.2018 41837

Turmush chorrahalaridagi yolg‘iz ayol. U ko‘chama-ko‘cha yurib, 4 farzandini halol boqishga urinmoqda. Biroq...

Ayol... U munis ona, singil, turmush o‘rtoq... Uning bukilmas irodasi ne-ne mashaqqatlarga dosh bermagan?! Shunday ayollar borki, ularga sabr-qanoat borasida, hatto erkaklar ham havas qilsa arziydi. Shunday ayollardan biri 4 nafar farzandning onasi Durdona Nazirjonovadir. Yolg‘iz boshi bilan ro‘zg‘orning og‘ir yukini ko‘tarib yurgan bu ayolning sharoitini bilganimiz sababli ijodiy guruhimiz bilan ushbu ishga qo‘l urdik.

Xayrli ishni boshlash uchun poytaxtimizning Uchtepa tumaniga otlandik. Ushbu tumanda istiqomat qilayotgan Durdona bilan suhbatlashdik.

Mover'da ko‘rish (tas-ix)

Youtube'da ko‘rish

«Hozirda 4 nafar farzandim bilan ijarada yashayman. Boquvchim esa yo‘q. Yolg‘iz onaman. Ijarada yashab 4 farzandimni voyaga yetkazyapman. Ro‘zg‘or tebratish, farzandlarimni boqish uchun ishlashim kerak. Ish so‘rab borsam yosh bolali ona ekansiz, ishga qabul qilolmaymiz, deyishadi. Ilojsizlikdan masjid, maktablarda dastro‘mol sotyapman. Tirikchilikni o‘tkazish qiyin. Har oyning 25-sanasida ijara pulini to‘lashim kerak. Bo‘lmasa ko‘chada qolaman. To‘ng‘ich farzandim maktabda o‘qiydi. Yaxshi tahsil olishiga sharoit qilib berolmayapman. Kenja qizimni tekshirtirishim kerak. Poliklinikadagi shifokorlarimiz tekshirtiring, bosh qismini MRT qilish kerak, deyishgan. Hozir farzandlarimning oziq-ovqati bir ahvol bo‘lib turgan bo‘lsa, davolanishga pulni qanday topaman, deb boshim qotgan. Davolanmasa ham bo‘lmaydi-ku axir. Kenjamga homilador paytimda bolalarimni boqaman, deb ko‘p sarson bo‘ldim. Hozir bolalarim bilan chiqsam, ko‘cha sovuq. Darrov shamollashyapti», – deydi chorasiz ona.

Taqdir so‘qmoqlari qiziq. Kimnidir sharoiti havas qilsa arzigulik, hayoti to‘kis, ammo tirnoqqa zor. Bu ayolning holatida esa buning aksi. Quchog‘i to‘la bir-biridan shirin farzandlar. Oilaning baxtu quvonchi uchun ozroq mablag‘ bo‘lsa bo‘lgani.

Ayolning farzandlari bilan birma-bir tanishdik. Beg‘ubor olam vakillari bizga qo‘ldan kelgancha qobiliyatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘ldilar. Har bir farzand o‘ziga xos qobiliyatlarga ega ekan.

Ortga qaytar ekanmiz, zalvorli kunlarni boshidan o‘tkazayotgan, ojizaligiga qaramay kurashishda davom etayotgan bu ayolni ko‘rib, qalb junbushga keladi. Biroq saxovatpesha xalqimiz borligi haqidagi o‘ylar bizga taskin beradi. Xayr-ehson ortidan quvib yuruvchi aziz yurtdoshlar! Bir ayolning va uning ko‘z qaroqlarining taqdiriga befarq bo‘lmaylik. Oxirat savol-javoblarimizni oson qiluvchi ehson amallarni ko‘paytiraylik.

Durdona Nazirjonovaning nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0417 8129 1530 (Agrobank)

MFO: 00394

INN: 201200124

Naqd pul topshirganda: 23116000600000394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000400000394001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti:

23120000900000394001

Durdona Nazirjonovaning telefon raqami: (93) 579-95-20

Bahodir Ahmedov tayyorladi

Teglar

Top