8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

19:00 / 28.11.2018 16004

Uning yuragi xasta

Bolalik – poshsholik, deb bejiz aytishmagan. Hayotning eng totli, beg‘ubor onlarida inson atrofni o‘rganadi, ilk harflarni o‘rganadi, yaqinlariga quvonch hadya etadi.

Vodiyning Farg‘ona viloyati, Quvasoy tumanida istiqomat qiluvchi Komiljon Yusupaliyevlar xonadoni sinovli damlarni boshdan kechirmoqda. Oilaning kenjatoyi Komronbek hademay 3 yoshni qarshilaydi. O‘yinchoqlari bilan andarmon bo‘lgan bolakayning yuragi bezovta qiladi...

Mover'da ko‘rish

Youtube'da ko‘rish

U boshqa tengqurlari kabi ko‘chada tengdoshlari bilan o‘ynamaydi. Ketma-ket muolajalar mitti yurakni holdan toydirgan. Shifokorlar Komronbekka yurak yetishmasligi tashxisini qo‘yishdi.

Oila to‘ng‘ich farzand dog‘iga sabr qilib, Yaratgandan faqat ikkinchi marta judolik g‘amiga bardosh berishini so‘ramoqda.

Kasallik tufayli bolaning eng baxtli onlari ko‘proq yaqinlari bag‘rida emas, shifokor huzurida o‘tyapti. Ota farzandini saqlab qolish uchun ko‘plab mutaxassislarga murojaat qildi.

Mutaxassislarning aytishicha, bir yil ichida bolani zudlik bilan operatsiya qilish lozim. Rossiya, Hindistonda katta mablag‘ evaziga muolajalarni qilish mumkinligini maslahat berishdi.

Mitti yurakning sog‘ayib ketishi sizning va bizning e'tiborimizga bog‘liq. Komronbekka sog‘lom dunyoni taqdim etaylik. U ham tengdoshlari kabi haqiqiy baxtni tuyishga haqli. Zero, bizdan faqat yaxshilik va ezgu amallar qoladi.

Komronbek Muhammadjonovning ma'lumotlari:

Komiljon Yusupaliyev (otasi):

Tel: +99891 111 14 86 

Agrobank. CLICK PAYME: 8600 0423 3774 0178

INN 200123466

Naqd pul topshirganda 2311 6000 3000 0051 7001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda 2311 8000 1000 0051 7001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti 2312 0000 8000 0051 7001

Teglar

Top