16:05 / 28.11.2018
14769

Video: Gvardiola Mourino haqida savol bergan jurnalistga musht ko‘rsatdi

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola fransuz jurnalistining u va Joze Mourinodan qaysi biri kuchliroq ekani haqidagi savoliga javob berishni istamadi.

Gvardiola bu savolni eshitganidan keyin afsus bilan bosh chayqagan va jurnalistga mushtini ko‘rsatgan. 

Bu hodisa «Manchester Siti» va «Lion» o‘rtasida YeChLning guruh bosqichi doirasida kechgan va 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ro‘y bergan. Ushbu o‘yindagi natija «shaharliklar» guruhda birinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga chiqishini ta'minladi.

 

Top