20:20 / 29.11.2018
15419
Reklama

Asal bayramiga marhamat!

2018 yil 1-10 dekabr kunlari Toshkent shahri “Ko‘rgazma Savdo Markazi”da Asal bayrami va asal mahsulotlari ko‘rgazma yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Aloqabank

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327-sonli Qaroriga muvofiq  2017 - 2021 yillarda asalarichilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan hamda 2017 yil 1 noyabr kuni O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi tashkil etilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda 2018 yil 1-10 dekabr kunlari Asal bayrami va asal mahsulotlari ko‘rgazma yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Mazkur Asal bayrami respublikamizning barcha hududlaridagi asalarichilar ishtirokida bo‘lib o‘tadi hamda tadbirda 200dan ortiq asal turlari taqdim etiladi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston asalarichilar uyushmasi vakillari hamda yetuk asalarichilar boshchiligida asalarichilik sohasiga mansub ilmiy-amaliy seminarlar bo‘lib o‘tadi.

Asal bayrami va asal mahsulotlari ko‘rgazma yarmarkasida ishtirok eting va yuqori sifatli asal mahsulotlaridan bahramand bo‘ling!

Mavzuga oid
Top