01:33 / 29.11.2018
6975

YeChL. "Atletiko" o‘z maydonida "Monako"ni mag‘lub etdi, "Galatasaroy" safarda "Lokomotiv"dan yengildi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Chempionlar Ligasi 5-turidan o‘rin olgan navbatdagi ikki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. 

"Atletiko Madrid" o‘z maydonida "Monako"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

2-daqiqada Koke hisobni ochgan bo‘lsa, 24-daqiqada Grizmann jamoasining ishonchli g‘alabasini ta'minladi. 

Yana bir uchrashuvda "Galatasaroy" "Lokomotiv" maydoniga safar qildi. Uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

Krixovyak 43-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 9-daqiqasida esa Ignatev yakuniy hisobni o‘rnatdi. 

Atletiko Madrid – Monako 2:0 

Gollar: 1:0 – 2 Koke, 2:0 – 24 Grizmann.
Atletiko – Oblak, Aryas, Lyuka Ernandes, Filipe Luis, Savich, Parti, Lemar (Kalinich, 63), Koke (Vitolo, 46), Rodri Ernandes, Korrea (Saul, 69), Grizmann.
Monako – Benalo, Radji, Byankone, Badiashile, Jyemerson, Tilemans, Golovin (Tyuram-Ulen, 63), Silla (Falkao, 55), Massango, Gransir, Shadli (Diop, 63).
Ogohlantirishlar: Grizmann (45), Tilemans (54), Savich (62), Byankone (68), Parti (86), Filipe Luis (90).
Chetlatish: Savich (82).

Lokomotiv – Galatasaroy 2:0

Gollar: 1:0 – 43 Krixovyak, 2:0 – 54 Ignatev.
Lokomotiv – Gilerme, Ignatev, Chorluka, Kverkveliya, Rybus, An. Miranchuk, Krixovyak, Denisov, Al. Miranchuk (Barinov, 77), Smolov (Eder, 88), Farfan (Rotenberg, 90).
Galatasaroy – Muslera, Kabak, Nagatomo, Linnes (Mariano, 89), Aziz, Fernando (Feguli, 59), Donk, Rodrigesh, Ndiayye (Inan, 68), Onekuru, Derdiyok.
Ogohlantirishlar: Aziz (34), Chorluka (66), Farfan (74).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top