15:36 / 29.11.2018
10386

Xorazmda “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” ish boshladi

29 noyabr kuni Urganch shahrida  “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” ish boshladi. Bu haqda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 10 avgust kuni Shayxontohur tumaniga tashrifi davomida bergan topshiriqlariga asosan, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” tashkil qilingandi.

Bundan maqsad mamlakatimizda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh kelin-kuyovlarning hayotiy tajribalari, oilaviy munosabatlarning ma'naviy-axloqiy asoslari, oila iqtisodiyoti va byudjyetini yuritish, reproduktiv salomatlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berishdan iboratdir.

Shundan so‘ng, 14 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 29 noyabr kuni esa Xorazm viloyatida ham tashkil maktab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ma'lum qilinishicha, maktabda mavjud o‘quv dasturlaridagi ma'lumotlar ilmiy-uslubiy jihatdan, ya'ni milliy qadriyatlar asoslarining zamonning fan va jamiyat taraqqiyoti tendensiyalari bilan, psixologiya va boshqa ijtimoiy-huquqiy sohalardagi yangiliklari – innovatsiyalari bilan uyg‘un holda o‘qitiladi.

“Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktab”ning o‘quv- dasturi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda masofadan o‘qitish va maslahat berish shakllari ya'ni, vebinar (internet orqali seminar va trening)lar, masofadan, konfedentsiallikni ta'minlagan holda, mutaxassislarining onlayn konsultatsiyalari (psixolog, huquqshunos va boshqalar), ijtimoiy tarmoqlarda innovatsion maktab sahifasini ochish va bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarga doimiy ruknlar yuritish, yoshlarning savollariga javob berib borish, multimedia vositalari bilan maxsus jihozlangan mashg‘ulot xonalari bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarga videoroliklar orqali keyslarni namoyish qilish va ularning tahlili asosida ta'lim berish yo‘li bilan olib boriladi.

Top