15:06 / 29.11.2018
16360

Qirg‘izistonlik deputat o‘zbekistonlik migrantlarni patentlarga o‘tkazishni taklif qildi

Foto: Tabyldy Kadyrbekov

Qirg‘iziston parlamenti majlisida deputat Kenjabek Bokoyev O‘zbekistondan kelgan mehnat migrantlarini patentlarga o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda For.kg xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda 100 mingga yaqin o‘zbekistonlik ishlaydi.

«Qirg‘izistonliklar Rossiyada patent bo‘yicha ishlaydi. Biz O‘zbekistondan bo‘lgan 100 ming migrantni ham patentlarga o‘tkazishimiz mumkin. Men Davlat migratsiya xizmati vakillari bilan gaplashdim, ular rozi. Agar ruxsatnoma narxi 500 som (7 AQSh dollaridan ko‘proq) bo‘lsa, unda oyiga 50 million (715,6 ming AQSh dollari) miqdorida mablag‘ to‘planadi. Bu maktab qurilishi qiymatiga teng», - deya ta'kidlab o‘tdi deputat.

Deputatning qo‘shimcha qilishicha, ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, migrantlar chegarachilarga kirish uchun 2 mingdan 5 ming somgacha (28 dollardan 71 dollargacha) pul to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada migrantlar uchun patent narxi oshishi xabar qilingandi.

Top