20:50 / 29.11.2018
7980

Sanches Mourinodan darg‘azab, u «MYu»dan ketishga qaror qildi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Aleksis Sanches «PSJ»ga o‘tib ketmoqchi. U sog‘lig‘i bilan hech qanday muammo bo‘lmagani holda «Yang Boyz»ga qarshi YeChL o‘yini qaydnomasiga ham kiritilmaganidan darg‘azab bo‘lgan.

Mirror`ning yozishicha, murabbiyning bu qaroridan so‘ng Sanches jamoadoshlaridan biriga jamoani tark etib, Parijga ketmoqchi ekanini aytgan.

Mourino «Yang Boyz» bilan o‘yindan keyin Aleksisning yo‘qligi haqidagi savolga mujmalroq javob bergan edi:

«Yo‘q, Sanches jarohat olmagan. Ammo shunisi qiziqki, sizlar doim o‘ynamayotgan futbolchi haqida savol berasizlar. Reshford o‘ynadi, shuni istagandingiz-ku. Doim bu haqda so‘rardinglar va mana shunday ham bo‘ldi.

Lukaku haqida ham gapirmanglar, u mart oyidan beri «Old Trafford»da gol urgani yo‘q. Keyin bo‘lsa nega o‘ynamayapti, deb savol berasizlar.

Murakkab savollar bilan meni qiyin vaziyatga qo‘yasizlar, lekin xushmuomalalik bilan: «Joze, bugun Markus Reshfordni asosiy hujumchi sifatida o‘ynatdingiz», deyishingiz ham mumkin edi. Siz esa nomdor o‘yinchilar chetda qolganidan gapiryapsiz. Ha, men dongdor o‘yinchilarni tarkibga kiritmadim. Lekin boshqa futbolchilarni o‘ynatdim-ku. Men uchun yaxshi jihati shu bo‘ldiki, maydondagi hamma: 90 daqiqa o‘ynaganlar ham, Mata kabi 15 daqiqa to‘p surganlar ham astoydil harakat qilishdi. Ularning o‘yinga munosabatidan xursand bo‘ldim».

Eslatib o‘tamiz, mankunianliklar bu o‘yinda Marvon Fellaynining 90+1-daqiqadagi goli evaziga g‘alaba qozonishdi.

Top