18:40 / 29.11.2018
27624

Urganchda 66 metr balandlikda davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Toshkentdagi rekord yangilandi

Xorazm viloyati Urganch shahrining Amir Temur nomidagi istirohat bog‘ida O‘zbekistonning ulkan bayrog‘i o‘rnatildi.

Ushbu bayroq bog‘ ichida joylashgan «Yoshlar markazi» oldidagi maydonga, 66 metrli flagshtok uchiga o‘rnatilgan bo‘lib, o‘lchami 10x20 metrni tashkil qiladi.

Bayroq shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, uzoq masofadan yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.

Qayd etish kerakki, bu bayroq mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning viloyatga tashrifi arafasida o‘rnatildi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha O‘zbekistondagi eng balandlikdagi bayroq shu yilning yozida Toshkentda, «Xalqlar do‘stligi» san'at saroyi oldiga o‘rnatilgan bayroq bo‘lib turgandi.

Top