17:01 / 30.11.2018
15937
Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya sizni kutmoqda! Ilm olish, sayohat va cheksiz imkoniyatlar

So‘nggi yillarda Yevropa va Osiyoning qator rivojlangan shaharlarida o‘zbekistonlik yoshlarning ta'lim olish ko‘rsatkichi o‘sib bormoqda. Ular orasida Angliya va birlashgan qirollikning poytaxti – London hamda Janubiy Koreyaning Pusan shaharlari yetakchi o‘rinni egallaydi.

Albatta, ushbu shaharlarda ta'lim olishning o‘ziga xos yoqimli jihatlari ko‘p. Jumladan, nufuzli universitetlarda olingan sifatli ta'lim talabalarga kelgusida orzusidagi ish o‘rinlariga ega bo‘lishga yordam bersa, ushbu shaharlar o‘z maftunkorligi bilan mehmonlarga bir umrga tatigulik taassurotlarni berishi shubhasiz.

London – Angliyaning eng yirik shahri. Shaharda o‘tmish va zamon ruhi ufurib turadi – monarxiya an'analarining asl holda saqlanishi tarixdan so‘zlasa, osmono‘par binolardan iborat Siti bugungi kun taraqqiyotidan dalolat beradi. London, shuningdek, insoniyat qiziqishlarining ikki shakli – moliya va futbol markazlaridan biri hisoblanadi. Garchi Ko‘hna Qit'a safiga kirsa-da, britaniyaliklar, xususan londonliklar o‘z orollaridagi qadimiy poytaxtning hech bir shaharga o‘xshamaydigan, o‘ziga xos maskan ekanligini ta'kidlashadi. Turli millatlarga mansub 9 millionga yaqin aholi yashaydigan London shahri dunyo zodagonlarini hamisha ohanrabodek tortib kelgan.

London universitetlari ham butun dunyoda o‘zining ta'lim sifati bilan alohida ajralib turadi. Universitet bitiruvchilari esa eng qisqa vaqt mobaynida ishga joylashadi.

Bu yerda, shuningdek, ta'limga yangicha yondashuv mavjud bo‘lib, unga ko‘ra:

1. Talabalar ta'lim bilan parallel ravishda ish tajribasiga ega bo‘ladi;

2. Talabalar o‘qish davomida fanlarni a'lo baholar bilan yakunlasa, scholarship olish imkoniyatiga ega;

3. Universitet o‘qituvchilari orasida Nobel mukofoti laureatlari ham bor;

4. O‘quv uslubi chet ellik talabalar uchun maxsus mo‘ljallangan.

5.Talabalarga qo‘shimcha yordam bo‘lishi sifatida, kontraktni bo‘lib to‘lash imkoniyatlari mavjud.

❗️Talab: IELTS 6.0(bakalavr) IELTS 6.5 (magistratura)

❗️IELTS sertifikatiga ega bo‘lmagan yoshlar uchun ichki imtihonlar mavjud.

Pusan – Osiyoning sayohat qilish uchun mo‘ljallangan eng yaxshi joylaridan biri hisoblanadi. Jumladan, sayyohlik yo‘nalishidagi eng nufuzli va eng ommabop Lonely Planet nashrining2018 yilgi reytingida shahar ana shu nomni qo‘lga kiritgan. Pusan shahri me'morchiligida tarix va tarixiy shaxslarning ruhiyati ufurib turadi. Uning yana bir o‘ziga xos jihati bu – tarixiy saroylar.

Shaharga tashrif buyurgan va bu yerdagi tarixiy marosimlarda ishtirok etgan sayyoh muayyan vaqt davomida o‘zini tarix qa'rida his etishi aniq.

Pusan nafaqat tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan shahar sifatida, balki butun dunyo yoshlari intiladigan universitetlari bilan ham mashhurdir.

Janubiy Koreyada  ta'limning o‘ziga xos uslubi ishlab chiqilgan. Jumladan: ushbu universitetda tahsil olish davomida talabalarda:

1. Yetakchi kompaniyalarda amaliyotlar o‘tkazish;

2. Yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy binolarda tahsil olish;

3. AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Xitoy, Janubiy Afrika mamlakatlaridan kelgan professional pedagoglardan ta'lim olish;

4. Ikki tomonlama amal qiluvchi diplomlarga ega bo‘lish imkoniyati mavjud(hamkor universitetlar: AQSh, Xitoy, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Irlandiya va Yaponiya).

IELTS sertifikatiga ega bo‘lmagan yoshlar uchun til kurslari (Telex Visa) mavjud.

Talab etiladi: IELTS 5.5 (bakalavr)IELTS 6.5 (magistratura)

❗️Scholarship (bakalavr)

Agar sizda ham Buyuk Britaniya va Janubiy Koreyaning nufuzli ta'lim dargohlarida o‘qish va unutilmas taassurotlarga ega bo‘lish istagi bo‘lsa, bunday imkoniyatni bir necha yildan buyon Toshkentda o‘z faoliyatini yuritib kelayotgan ADAM CONSULTING firmasi taqdim etadi.

Janubiy Koreyada o‘qish istagini bildirgan ammo viza olishda muammolarga duch kelayotgan yoshlarga viza masalasi to‘liq hal qilib beriladi. Bunda ushbu yoshlarga Telex Visa dasturi taklif etiladi.

Telex Visa bu – Janubiy Koreya immigratsiya boshqarmasi tomonidan yuboriladigan viza turi hisoblanadi. Bunda abituriyentlarning elchixonada suhbatdan o‘tishi talab qilinmaydi.

Hoziroq biz bilan bog‘laning va orzularingiz sari ilk qadamni qo‘ying!

☎ Aloqa raqamlari:

+998 99 855-69-69;

+998 71 245-92-08;

Telegram: https://t.me/adamconsulting

Facebook: https://fb.com/adamconsult

Instagram: @adam_consulting
Email: info@gouni.uz

Vebsayt: www.gouni.uz

Manzil: Xalqlar Do‘stligi saroyi, “Navro‘z” restorani ro‘parasida

Reklama huquqi asosida

Top