11:31 / 30.11.2018
36536

Ruhshunos barcha ota-onalar rioya qilishi zarur bo‘lgan uch daqiqa qoidasi haqida aytib berdi

Ishdan keyin farzandingiz bilan qancha vaqtni birga o‘tkazasiz? Texnik nuqtai nazardan unga kechki ovqat tayyorlash uchun 30 daqiqa, kitob o‘qib berish uchun 15 daqiqa, uyqudan oldin o‘pib qo‘yishga esa bir necha lahzalar kerak bo‘ladi. Biroq mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bular orasida yana 3 daqiqalik fursatlar borki, farzandingiz uchun ularning ahamiyati yuqori. Uch daqiqa qoidasi haqida bolalar bilan ishlash markazi rahbari va amaliyotchi ruhshunos Nataliya Sirotich hikoya qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar mazkur maslahatga amal qilsangiz, bola katta bo‘lganida ham uning sizga bo‘lgan mehri saqlanib qolishiga muvaffaq bo‘lasiz.

Foto: AdMe

Uch daqiqa qoidasi

Qoida farzandingizni har safar xuddi ancha paytdan beri ko‘rmagandek kutib olishdan (hatto ayriliq bor-yo‘g‘i 5 daqiqa davom etgan bo‘lsa ham) iborat.

Bunda bola bo‘yiga mos darajada cho‘kkalab, unga 3 daqiqa ajratish va uni quchoqlab, yo‘qligingizda nima sodir bo‘lganini so‘rash muhim. Bog‘chadan olayotganda, maktabdan kelayotganida, kutib olish vaqtida, ish kunidan keyin uyga qaytganda bu qoidaga amal qilish ayniqsa ahamiyatga ega.

Foto: AdMe

Bu nima uchun zarur?

Ruhshunosning fikriga ko‘ra, siz bilan uchrashganining ilk daqiqalarida bola uning xotirasida muhrlangan barcha ma'lumotni sizga to‘kib soladi.

Uch daqiqa qoidasiga befarqlik bolaning xarakteridan kelib chiqib farq qilishi mumkin. Kimdir ota-onasiga voqeani hikoya qilayotganida muhim detallarni aytmaydi.

Boshqa bola esa kechki payt har bir fakt, yangi ma'lumotlargacha hikoya qiladi.

Foto: AdMe

Qo‘shimcha tavsiyalar

Uch daqiqa qoidasi kunda bola uchun bor-yo‘g‘i 3 daqiqa ajratishni anglatmaydi. U farzandingizni har ko‘rganingizda unga 3 daqiqa vaqt ajratib, sizga aytmoqchi bo‘lgan eng muhim fikrlariga quloq solishingiz zarurligini talab etadi.

Shuningdek, bir-biringizni to‘liq tushunishingiz uchun ruhshunoslarning quyidagi maslahatlaridan foydalanishingiz mumkin:

  • Har kuni ikkalangiz uchun qiziq bo‘lgan biror mashg‘ulot bilan shug‘ullanish uchun vaqt tanlang.
  • Bolalarga ularni tinglashingizni namoyish eting. Masalan, boladan eshitgan ma'lumotni to‘g‘ri tushunganingizga ishonch hosil qilish uchun uning so‘zlarini takrorlang.
  • Kuchli hislarni yumshating. Yolg‘on hayrat hissini namoyish etmang.
  • Vaqt o‘tganidan keyin u bilan bo‘lgan suhbatga qaytib, bolalar nima haqida aytib berganlari esingizda ekanini ko‘rsating.
  • Uzoq va befoyda bahslarni chetlab o‘ting. Hatto ular siz uchun aniq bo‘lgan narsalar ustida bo‘lsa ham. Buning o‘rniga bolalarga: “Yaxshi mening fikrimga qo‘shilmasligingizni angladim” deya ayting.

Sizning farzandingiz bilan kundalik uchrashuvlaringiz qanday kechadi?

Top