10:45 / 01.12.2018
26781

Bosh prokuratura: o‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirgan firibgar ushlandi

Foto: KUN.UZ

Toshkent viloyat Bekobod tuman IIB YXXB xodimi S.I. viloyat prokurorining nomiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda bu shaxs prokuratura xizmat kiyimida o‘zini viloyat prokuraturasi 18-bo‘limining «Abduvohid» ismli tergovchisi deb tanishtirgan shaxs unga nisbatan viloyat prokuraturasining 8-bo‘limi tomonidan ariza yuzasidan tadbir tashkillashtirilayotganligini bildirib, unga yordam ko‘rsatishi mumkinligini aytib, 500 AQSh dollari talab qilayotganligini bildirgan.

Mazkur ariza yuzasidan 28.11.2018 yilda Toshkent viloyat prokuraturasi 8-bo‘limi va Bekobod shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, sobiq Toshkent viloyat MIB davlat ijrochisi A.S. prokuratura organlari dala xizmat kiyimida S.I.dan firibgarlik yo‘li bilan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top