10:10 / 01.12.2018
17200

«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi Ronaldu, Messi va Grizmann ishtirokisiz o‘tishi kutilmoqda

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimiga bormaydi. Bu haqda italiyalik jurnalist Alessandro Alchato o‘z tvitter sahifasida ma'lum qilgan.

Alchatoga ayon bo‘lishicha, Ronaldu ovoz berish natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni olganini bilgani bois shunday qarorga kelgan.

Avvalroq insayderlar mukofot «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrichga nasib etishi haqida ma'lum qilgandi. Uchinchi o‘rin «Atletiko»ning fransiyalik hujumchisi Antuan Grizmannga tegishli bo‘lib, u ham katta ehtimol bilan marosimga tashrif buyurmasligi kutilmoqda.

«Oltin to‘p» sohibini e'lon qilish tadbiri 3 dekabr, dushanba kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top