12:20 / 01.12.2018
10595

Prezident qarori: FVV huzuridagi davlat inspeksiyasi Suv xo‘jaligi vazirligiga berildi 

Foto: KUN.UZ

Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga berildi.

Belgilanishicha, Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mavjud shtat birligi va moddiy-texnika bazasi bilan to‘liq, amaldagi moliyalashtirish tartibi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi saqlangan holda o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida umumiy shtat birligi doirasida quyidagi boshqarmalar tashkil etiladi:

Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Surxondaryo” magistral tizimi;

Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent magistral kanali;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi irrigatsiya tizimlari.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Suv xo‘jaligi vazirligini davlat nomidan “O‘zGIP” MChJ ishtirokchisi funksiyalarini amalga oshiruvchi organ qilib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.

Mavzuga oid
Top