15:17 / 02.12.2018
11001

Isroil politsiyasi bosh vazir va uning turmush o‘rtog‘iga nisbatan korrupsiya bo‘yicha ayblov e'lon qilishni tavsiya etdi

Foto: EPA-EFE/RONEN ZVULUN / POOL

Isroil politsiyasi mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning turmush o‘rtog‘i Saraga nisbatan korrupsiya bo‘yicha ayblov e'lon qilishni tavsiya etdi. Bu haqda politsiya matbuot xizmatiga tayanib Reuters xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Netanyaxuga nisbatan ayblov yangiliklar sayti va telekommunikatsiya kompaniyasi bo‘yicha tergov doirasida e'lon qilinishi mumkin.

Shu yilning oktabrida Quddus sudi Isroil bosh vazirining turmush o‘rtog‘i Saraga nisbatan tovlamachilik bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni boshlagandi.

Top