8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

23:01 / 02.12.2018 27715

Kommunal to‘lovlarga qishda ko‘p pul sarflamaslik uchun zarur bo‘lgan 7 narsa

Kuz nafaqat sovuq kunlar, balki kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni olib keladi. Bu material bilan tanishgach, uyingizni isitish va xonadoningizdagi yoqimli haroratni saqlash xarajatlarini kamaytirish usullari bilan tanishasiz.

Batareya ortidagi aks ettiruvchi

Aks ettiruvchi ekran uydagi issiqlikni tejaydi. Uni tayyor holda sotib olish yoki o‘z qo‘lingiz bilan yasashingiz mumkin. Buning uchun zarqog‘oz yoki polireksga o‘xshaydigan material kerak bo‘ladi. Ana bo‘ldi. Batareya ortidagi devorga zarqog‘ozlarni yopishtiring. Ana shu usul yordamida issiqlikni 3 marta ko‘proq tejaysiz.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot SafeGlass (@safeglass.ru)

Derazalar uchun plyonka

Plastik derazalar uchun maxsus quvvat tejaydigan plyonka haqida eshitmaganmisiz? Afsus! Bu juda foydali narsa. U issiqlik yo‘qotilishi, qishda muz qavati hosil bo‘lishining olib, uyni zararli ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot DVeRI I MeBeL NA ZAKAZ (@dagmebel05)

Kirish eshigini «isitish»

Bu borada mutaxassislar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Agar o‘zingiz professional quruvchi bo‘lsangiz – omadli inson ekansiz. Aks holda professionallarga ishonch bildirishga to‘g‘ri keladi.

 

Balkonni «isiting»

Agar balkoni bo‘lgan xonadonda yashasangiz, u orqali issiqlik chiqib ketishini bilishingiz kerak. Bu holat yuz bermasligi uchun uni ichki tarafdan maksimal darajada isitish usullaridan foydalaning.

 

Uyni tashqi tomondan isitish usullaridan foydalanish

Aytish joizki, buni amalga oshirish arzon bo‘lmaydi. Biroq bir marta pul sarflab, uzoq yillar davomida uyingizdagi issiqlikdan rohatlanasiz. Ideal ko‘rinish nafaqat xonadon fasadi, balki tom, shuningdek, yo‘lak kirish eshigini ham isitish usullaridan foydalanishdan iborat. Natija kutganingizdan ham a'lo darajada bo‘ladi – uyning barcha xonadonlarida issiqlik saqlanadi. Bunda qo‘shnilar yordami talab etiladi. Bir o‘zingiz uchun uni amalga oshirish qiyinchilik tug‘diradi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Aleksey Revenko (@heat__core)

Batareyadagi issiqlikni boshqarish qurilmasi

Termoregulyator — juda foydali narsa. Uni o‘rnatgach, o‘zingiz xonadoningizdagi issiqlik uzatilishi darajasini nazorat qilish imkoniga ega bo‘lasiz. Isib ketdimi – biroz kamaytiring va issiqlik uchun ortiqcha pul to‘lamang. Qahraton kunlar boshlandimi – uni maksimum darajaga qo‘ying va sovuq qotmang.

Isitish tizimidagi individual hisoblagich

Bu qurilma u qadar qimmat emas. Biroq usiz deraza, eshiklarda issiqlikni saqlash usullari, aks ettiruvchilarni o‘rnatish hech qanday ma'noga ega bo‘lmaydi. Ular xonadondagi issiqlikni albatta saqlaydi. Biroq pulni tejash imkoni bo‘lmaydi. Termoregulyatorli issiqlik hisoblagichi – tejamkorlik garovi.

Qahraton qish kunlari kelguniga qadar turarjoyingizdagi ushbu bandlarni albatta ko‘zdan kechiring. Qish kunlarida sovuqda qolmang!

 

 

Top