14:20 / 03.12.2018
9655

Germaniya kelajakdagi qurol muammosiga jiddiy e'tibor qaratdi

Foto: AP

Germaniyada kelajakdagi qurollar ustidan xalqaro nazoratni o‘rnatishga chaqirishmoqda, sababi qotil-robotlar va eng so‘nggi kosmik qurollar tez orada «juda jiddiy reallikka» aylanishi mumkin. Bu haqda The Times nemis matbuotiga asosan yozmoqda.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas markazida faqat Rossiya va yadro quroli ustidan nazorat bo‘lgan tor doiradagi yondashuvdan tashqariga chiqadigan «yangicha fikrlash»ga chaqirdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri NATOdagi muzokaralarda ma'lum qilgan.

«Bizning qoidalar yangi turdagi qurol-yarog‘larning texnologik ishlanmalari bilan birga o‘zgarishi lozim», - deya Maasning so‘zlarini keltiradi Times. Nemis siyosatchisi yevropalik ittifoqchilarga ta'sir o‘tkazishga urinmoqda, ular yadroviy yoki kimyoviy qurolga yo‘naltirilgan kelishuvlarni o‘zgartirib, kosmik texnologiyalar hamda sun'iy idrokka asoslangan qurol-yarog‘ni ham qo‘shishlari lozim. 

«Gap nafaqat oddiy raketalar va bombalar, balki bitlar hamda baytlar haqida ham ketmoqda. Ba'zi narsalar hamon ilmiy fantastika bo‘lib ko‘rinayotgan bo‘lishi mumkin - masalan, tovush tezligidan bir necha marta tezroq harakatlanuvchi kosmik qurol yoki raketalar. Biroq, agar biz oldinga qaramasak, ilmiy fantastika tez orada halokatli haqiqatga aylanadi. Shuningdek, men butunlay avtomatlashtirilgan jangovar tizimlar haqida ham o‘ylayapman, ular inson nazoratidan mutlaqo mustaqil ravishda o‘ldirishi mumkin», - dedi Maas.

Maasning Neue Osnabrücker Zeitung gazetasiga ma'lum qilishicha, hozirgi qoidalarda «bo‘shliqlar mavjud».

«Biz qurollarni modernizatsiya qilishga qaratilgan global tendensiyani to‘xtatish uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak. Bu insoniyatning omon qolishi masalasidir», dedi Maas. 

Mavzuga oid
Top