08:55 / 03.12.2018
12959

Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktori dunyo mamlakatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Foto: MEDEF / Commons.wikimedia.org

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) direktori Kristin Lagardning ma'lum qilishicha, savdo bojlarini oshirish jahon yalpi ichki mahsulotiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda rivojlanayotgan bozorlarga bosim tobora ortib boryapti.

Lagardning qayd etishicha, savdo bojlari iqtisodiy o‘sishning pasayishi tahdidini yanada oshirib yuboradi.

Shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktori mamlakatlarni savdo sohasidagi keskinlikni kamaytirishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonda non va energiya tashuvchilar narxining oshishiga munosabat bildirgandi.

Mavzuga oid
Top