9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

11:29 / 03.12.2018 16417

Kollej o‘quvchilari bo‘lgan qizlar talonchilik qilishdi

2018 yilning 1 dekabr kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida fuqaro N.E. (ayol) IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 30 noyabr kuni 2 noma'lum qiz “Oybek” MFYda uning birga yashovchi 7 yoshli qizining qulog‘idagi bir juft ziraklarini yechib, olib ketganliklarini ma'lum qilgan.
 
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Zafarobod tuman Iqtisod kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchilari D.J. va M.I. ismli qizlar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top