08:30 / 04.12.2018
20244
AQSh Fors ko‘rfaziga atom aviatashuvchisini jo‘natdi
Foto: US Navy

Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronga kuchini namoyish qilish maqsadida John C. Stennis atom aviatashuvchisi boshchiligidagi bir guruh kemalarni Fors ko‘rfaziga jo‘natdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Amerika kemalarining kirishi Fors ko‘rfazida so‘nggi sakkiz oydagi shunday turdagi amaliyotga aylanadi.

Pentagon fikricha, Amerika aviatashuvchisining mavjud ekani Eron bu suvlarda dushmanlik kayfiyatidagi xatti-harakatni amalga oshirsa, kuchlarni tartibga solishdagi «mutlaqo ijobiy farqni keltirib chiqaradi». 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSh bazalari va aviatashuvchilariga zarba berishga qodir raketalarga egaligini ma'lum qilgandi.

Eron aerokosmik kuchlari rahbarining aytishicha, mamlakat Qo‘shma Shtatlar harbiy bazalariga zarba berishi, shuningdek, Fors ko‘rfazidagi AQSh aviatashuvchilariga zarar yetkaza olishi mumkin bo‘lgan raketalarga egadir. 

Top