08:19 / 04.12.2018
5527
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi
Foto: RIA Novosti

Rossiyada o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionati to‘plari Argentinada o‘tgan “Katta yigirmatalik” sammiti ishtirokchilariga sovg‘a qilindi. Ularni FIFA rahbari Janni Infantino ulashdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.     

“Infantino mehmon sifatida “yigirmatalik”ning bir qator formatlarida ishtirok etdi. U to‘plarni qizg‘anmay, barcha delegatsiyalarga ulashdi”, deb aytgan Peskov.  

Peskovning ta'kidlashicha, Rossiyada ushbu jahon chempionatidan ko‘p miqdordagi to‘plardan tashqari, iliq xotiralar ham qoldi. “Bizda to‘plar juda ko‘p va ular bu ajoyib oydan iliq xotiralardir”, deb ta'kidlab o‘tgan Peskov. 

Top