Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron davlatida davom etayotgan tartibsizliklar sababli Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichdan Belgradga safarini keyinga qoldirishni iltimos qildi.
Yelisey saroyi saytida e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, Makron Belgradga 5-6 dekabrda tashrif buyurishi kerak edi.
2019 yil 1 yanvardan Fransiyada benzin 3 yevrosentga, dizel yoqilg‘isi esa 6,5 yevrosentga oshiriladi. Hukumatning ushbu qarori butun Fransiya bo‘ylab aholi noroziligiga sabab bo‘lgan. Bunga qarshi norozilik harakati “sariq jiletlar” degan nom oldi.