8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

12:38 / 05.12.2018 63792

AQSh Rossiyaga raketa bitimi bo‘yicha ultimatum qo‘ydi. Kreml javob qaytardi

Foto: AFP

Rossiya 60 kun ichida O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimni bajarishga qaytmasa, AQSh undan chiqib ketadi. Bu haqda 4 dekabr kuni Bryusselda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

«Ushbu 60 kun mobaynida biz O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim doirasiga kiruvchi tizimlarni ishlab chiqarmaymiz, sinovdan o‘tkazmaymiz hamda joylashtirmaymiz. 60 kundan keyin nima sodir bo‘lishini ko‘ramiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Pompeo.

Foto: AFP 2018 / John Thys

Davlat departamenti rahbarining ta'kidlashicha, bu pozitsiya AQShning NATO bo‘yicha ittifoqchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, ular bilan Bryusselda raketa bitimi masalasi muhokama qilingan. «Bu borada [NATO a'zolari orasida] to‘liq birdamlik bor», - deya ta'kidlab o‘tdi AQSh davlat kotibi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar bundan avval bir necha marta Rossiyani O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimga amal qilishga chaqirgan, ammo «hozirgacha ular buni qilayotganiga oid hech qanday belgi yo‘q».

O‘z navbatida, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bu borada bayonot bilan chiqdi.

Foto: Sergey Fadeichev/TASS

Uning ma'lum qilishicha, Rossiya O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimga amal qilib kelmoqda.

«Rossiya bu bitim bandlariga qat'iy rioya qiladi va Amerika tomoni buni biladi», - dedi u, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo tomonidan qo‘yilgan ultimatumga izoh berib.

Top