12:09 / 05.12.2018
21149

Bog‘chalar kuzatuv kengashining asosiy vazifalari belgilandi

Foto: Pinterest

Maktabgacha ta'lim vazirining buyrug‘i bilan Maktabgacha ta'lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

muassasaning ustuvor vazifalarini belgilash;

maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo‘linmasi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarini saylash;

muassasaning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;

muassasada amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

hududiy bo‘linma tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan muassasa rahbarini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida muassasani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjyet va byudjyetdan tashqari hamda homiylik mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida muassasa rahbarining hisobotlarini tinglash;

muassasaning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni muassasa rahbarining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;

muassasa rahbari, pedagog va boshqa xodimlarining faoliyati bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

muassasada tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;

muassasani rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta'lim muassasasi rahbarining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘linmaga takliflar kiritish;

muassasaning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘linmaga takliflar berish.

Muassasada bolalarning sifatli ta'lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta'lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muassasa rahbariga ko‘maklashish uchun har bir muassasada Kengash tashkil etiladi.

Kengash 11 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga muassasaning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, muassasa ma'muriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy bo‘linmadan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar hamda har bir guruhida tarbiyalanuvchilarning ota-onalaridan kamida 3 nafar a'zo kiritiladi.

Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har o‘quv yili boshida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Kengash a'zolari muassasa tarbiyalanuvchilari ota-onalarining umumiy yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

Kengash o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

muassasaning tegishli davrdagi faoliyati bo‘yicha muassasa rahbaridan ma'lumotlar so‘rash va olish;

muassasaning moliyaviy hisobotlari bilan tanishish;

homiylik va xayriya mablag‘larining kirim qilinishi va sarflanishi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishish;

muassasa pedagog xodimlarining sha'ni, qadr-qimmati, obro‘sini himoya qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

Top