8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

10:57 / 05.12.2018 26756

Xodimlari Toshkentda doimiy propiska olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi.

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 11-1-band qo‘shildi.

“11-1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi”.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradilar.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.Bobojonov zimmasiga yuklandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xodimlari Toshkentda doimiy propiska olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni yana bittaga ko‘payishi xabar qilingandi.

Top