18:00 / 05.12.2018
14194

O‘zbekistonning NATO bilan aloqalar o‘rnatish vakolati Turkiya elchixonasiga topshirildi

Foto: O‘zA

O‘zbekistonning NATO bilan aloqalar o‘rnatish vakolati Latviya elchixonasidan Turkiya elchixonasiga o‘tkazildi. 2019-2020 yillarda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi NATO va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish vakolatini bajaradi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Xabarga ko‘ra, bugun Toshkentda Latviya elchixonasining O‘zbekiston bilan NATO o‘rtasida aloqalar o‘rnatish vakolatini Turkiya elchixonasiga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmet Bashar Shenning aytishicha, Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi o‘tgan yili Bryusseldagi NATO markaziga NATO va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish vakolatini bajarish vazifasini olish uchun so‘rovnoma yuborgan va ijobiy javob olgan. 

“Biz uchun O‘zbekiston alohida ahamiyatga ega bo‘lgan qardosh mamlakatdir. Shuningdek, O‘zbekiston NATO uchun ham muhim mamlakatlardan hisoblanadi. Chunki, NATO Afg‘onistonga O‘zbekiston orqali insonparvarlik yordamlarini jo‘natishni ko‘zlagan. Biz bu sohalarda O‘zbekiston va NATO o‘rtasida ma'lumotlar almashinishda ham ko‘prik vazifasini bajaramiz”, deydi Ahmet Bashar Shen.

Top