16:07 / 06.12.2018
20151

Xorazmda ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etildi

Bosh prokuratura tomonidan Xorazm viloyatida sholichilik, meva-sabzavotchilik va baliqchilikni rivojlantirish, yer va suvdan oqilona foydalanishda prokuratura organlari tomonidan qonuniylikni ta'minlash maqsadida, viloyat prokuraturasi tuzilmasida Qishloq xo‘jaligida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha Xorazm ixtisoslashtirilgan prokuraturasi tashkil etildi.

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suv xo‘jaligi obektlarining holatini yaxshilash, tadbirkorlik sub'yektlarini huquqiy himoya qilish hamda ushbu sohalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish kabi yo‘nalishlarda qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Ixtisoslashtirilgan prokuraturaning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Qishloq xo‘jaligida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha Xorazm ixtisoslashtirilgan prokurori viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.

Top