6 dekabr kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida AKFA Medline tibbiyot markazining rasmiy vakilligi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir munosabati bilan o‘tkazilgan taqdimot marosimida klinikamiz shifokorlari mehmonlarga klinikamiz ixtisoslashuvi, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hamda oldiga qo‘yilgan maqsad va kelajakdagi rejalar haqida batafsil ma'lumot berishdi.
Uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
– tibbiyot markazi, ko‘rsatiladigan xizmatlar va narxlar haqida batafsil ma'lumot berish;
– bemorning kasallik tarixini o‘rganish, uni mutaxassislarga topshirish;
– shifokor qabuliga oldindan yozdirib qo‘yish;
– davolanish uchun bemor safarini tashkillashtirib berish (transfer).
Kelajakda chet ellik bemorlarimizning tibbiyot markazimizga qulay, ortiqcha qiyinchiliklarsiz kelib-ketishlarini ta'minlash maqsadida bu kabi rasmiy vakillik idoralarini ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Vakillik idorasi manzili: So‘g‘d tumani, Xo‘jand shahri, Firdavsiy ko‘chasi, 126 uy
Mo‘ljal: «Avesto» savdo markazi
Telefon: +99204040303
Reklama huquqi asosida