18:45 / 06.12.2018
10765

Pantone instituti 2019 yilning rangini e'lon qildi

Foto: Pantone

Pantone tadqiqot instituti «tirik korall» rangini 2019 yil rangi deb e'lon qildi.  

Pantone vitse-prezidenti Lori Pressmanning so‘zlariga ko‘ra, rang bu o‘ziga xos «til» bo‘lib, u madaniyat bilan bevosita bog‘liq. Pressman atrof-muhitning insonlar hayotiga ta'siri kuchayib borayotganligi «tirik korall» rangi tanlanishiga sabab bo‘lganini aytdi.

«Tabiat bilan qanday hol yuz berayotganini, tabiiy resurslar tugab borayotganini ko‘rib turibmiz. Biz tabiatdan oladigan narsalardan biri energiyadir. Biz tabiat o‘zgarishi haqida o‘ylaganimizda, bu rang hayotga jon baxsh etadi», dedi u.
Pantone 20 yildan buyon har yili dekabrda kelgusi yilning rangini tanlaydi. Tanlov moda, arxitektura, dizayn va madaniyatdagi trendlarga asoslanadi.

Mavzuga oid
Top