14:44 / 06.12.2018
4052

​​​​​​​Samsung O‘zbekistonda biznes uchun zamonaviy yechimlarni taqdim etdi

5 dekabr kuni Samsung Electronics kompaniyasi Toshkentda ilk marotaba ishbilarmonlar uchun B2B formatida konferensiya o‘tkazdi, unda korporativ segment uchun yangi zamonaviy qurilmalar va biznesga mo‘ljallangan dasturiy ta'minotlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy yechimlar namoyish etildi.

Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi O‘zbekistonni B2B segmentida yetakchi bozor deya ta'kidlamoqda, ayniqsa, hozirgi tezkor iqtisodiy o‘zgarishlar davri va korporativ biznes sohasi rivojlanayotgan bir paytda.

Iste'molchilar uchun elektronika bozoridagi global yetakchi mamlakatimizda bir necha yillardan buyon faoliyat olib bormoqda, uning yangi, zamonaviy g‘oyalari mahalliy kompaniyalar tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llab kelinmoqda.

Masalan, Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroportida reyslar haqida dolzarb ma'lumotlarga ega bo‘lish imkonini yaratuvchi Samsung axborot displeylari o‘rnatilgan.

O‘zbekistondagi yirik qurilish tashkilotlaridan biri Golden House` ning shourumi xam Samsung kompaniyasi tomonidan jihozlangan. Bu yerda xonadon xaridorlari taqdimotlar uchun mo‘ljallangan Samsung Flip raqamli displeylari va devoriy video qurilmalar orqali yangi turar-joy komplekslari haqida ma'lumotlarga ega bo‘lishadi.

Foto: Samsung
Foto: Samsung

Yurtdoshlarimiz tomonidan sevib iste'mol qilinadigan KFC tezkor tamaddi qilish restoranlari tarmog‘i ham MagicInfo maxsus o‘rnatilgan kontentni boshqarish tizimiga ega Samsung axborot displeylarini qo‘llab kelmoqda. Mazkur TV-panellarda mijozlar uchun narxlar va restoranning foydali takliflari haqidagi kerakli ma'lumotlar aks ettirilgan.

B2B konferensiyasi ishtirokchilari mobil qurilmalar uchun Samsung KNOX axborot xavfsizligi zamonaviy tizimi, ma'lumotlarni ulkan joyda taqdim etish imkonini yaratuvchi devoriy video displeylar, taqdimotlar uchun mo‘ljallangan Samsung Flip sensorli funksional displeylari, LED-panellar, monitorlar, ma'lumotlarni saqlash uskunalari, “yarimsanoat” sovutgichlari va boshqa ishlanmalar bilan tanishib chiqishdi.

Kompaniya o‘z mahsulotlarining yuqori sifatga ega ekanligi va ishonchliligini tasdiqlaydi hamda har bir mijozga individual yondashuv, ya'ni kerakli tavsiyalar berish, texnik qo‘llab-quvvatlash, uskunaning kelgusidagi holati bo‘yicha ham xizmat ko‘rsatish haqida qayg‘uradi. Samsung mahsulotlari kafolatga ega bo‘lib, u faqatgina O‘zbekistonning barcha yirik shaharlaridagi maxsus ro‘yxatdan o‘tgan  Samsung servis markazlarida taqdim etiladi.

Foto: Samsung
Foto: Samsung

Qolaversa, Samsung biznes-jarayonlarning samaradorligini oshirish maqsadida kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan IT-g‘oyalarni muvaffaqiyatli qo‘llovchi ko‘plab mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Barcha hamkorlik masalalari bo‘yicha quyidagi manzilga murojaat etishingizni so‘raymiz: temirlan.k@samsung.com

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top