16:13 / 06.12.2018
6123

Saudiya vazirining bayonotidan so‘ng neft narxi pasayishi 5%ga yetdi

Foto: RIA Novosti / Vitaliy Timkiv

Saudiya Arabistoni energetika vaziri Xolid al Falixning bayonotidan so‘ng neft narxi pasayishi 5%ga kuchaydi. 

Brent rusumidagi neftning bir barreli 4,6%ga - 58,66 dollargacha, WTI rusumidagi neftning bir barreli esa 4,7%ga - 50,41 dollargacha tushib ketdi.  

Al Falix OPeK+ 2019 yilda neft qazib olish hajmi bo‘yicha kelishuvga erishmaganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, OPeK+ neft qazib olishni sutkasiga 0,5-1,5 million barrelga qisqartirishni muhokama qilmoqda.  
Saudiya vazirining bayonotiga qadar ham neft narxi arzonlashayotgandi, ammo bu darajada tez emas —1% atrofida edi.

Top