14:27 / 06.12.2018
41116

O‘n yillikdan keyin tanib bo‘lmas shaharlar

Dunyoda ilk osmono‘par binolar paydo bo‘lganida odamlar o‘zgarishlardan hayratga tushishdi. Bugun esa modernizatsiya jarayoni yuqori sur'atlarda davom etmoqda. Megapolislar tobora futurustik aholi punktlariga o‘xshab boryapti. Yaqin o‘n yillikda yana qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Foto: Wikipedia

Suchjou

Bugun u Xitoyning eng tez o‘sayotgan va rivojlanayotgan shaharlaridan biri. Iqtisodiy o‘sish unga katta mablag‘ keltirdi. Uni hukumat vakillari qadimiy arxitekturaga mos keladigan yangi osmono‘par binolarni qurish va yo‘llarni rivojlantirish uchun sarflashni rejalashtirishmoqda.

Foto: Wikipedia

Detroyt

Avtosanoat quladi, u bilan birga Detroyt ham muvaffaqiyatsiz hamda xavfli shaharga aylandi. Biroq bugun uning qayta tiklanishi uchun 5 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratilgan. Loyiha ustida ishlar boshlab yuborilgan.

Foto: Wikipedia

Nyu-York

Bu megapolis doimiy ravishda o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Biroq tez orada uni mahalliy aholisi ham tanimay qoladi. Hamma joyda yangi bino, universitet, bog‘lar qurilmoqda. Soddaroq qilib aytganda, Nyu-York kelajakda ham o‘zining eng yaxshi shahar degan o‘rnini bo‘shatishni istamayapti.

Foto: Wikipedia

Shanxay

Kelajak bu yerga allaqachon yetib kelgan. Quruvchilik va boshqa ishlanmalar yangi texnologiyalar bo‘yicha olib borilmoqda. Ko‘chalar – kiberpankka o‘xshaydi. Shuningdek, har qanday faoliyatda sun'iy ongdan foydalanilmoqda.

Foto: Wikipedia

Dubay

Mitti shaharchadan qisqa vaqt davomida badavlat megapolisga aylana oldi. Biroq hali ham uning ustida ish olib borilyapti. Aynan hozir BAAning asosiy savdo-moliya markaziga o‘zgacha ko‘rinish beradigan “Ekspo 2020” tadbiriga tayyorgarlik davom etmoqda.

Foto: Wikipedia

Los-Anjyeles

Tashqi ko‘rinish bu yerda u qadar tez sur'atlarda o‘zgarmayapti. Biroq kelajakka asta-sekinlik bilan yaqinlashmoqda. Aynan bu yerda smart-city tizimi joriy etiladi. U megapolisning barcha muhim hayotiy ko‘rsatkichlarini to‘playdi. Masalan, havo tarkibi, tirbandliklarning mavjudligi kabi.

Foto: Wikipedia

Nayrobi

Farovonlikning afrikancha ko‘rinishi. Aynan bu yerda qit'aning muammolari kishilarga begona. Yovvoyi tabiat va boshqalar umuman unutilgan. Ularning oldida yirik va yuqori rivojlangan iqtisodiy markaz.

Sizning shahringiz ham so‘nggi yillarda o‘zgardimi?

Mavzuga oid
Top