12:20 / 07.12.2018
18962
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi muddati o‘zgardi

Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, professional boksda o‘ta og‘ir vazn toifasida (+90,7 kg) ishtirok etayotgan Bahodir Jalolov o‘zining navbatdagi jangini 8 dekabr kuni (Toshkent vaqti bilan 9 dekabr kuni) o‘tkazadi.

Avvaliga jang 6 dekabr kuni (Toshkent vaqti bilan 7 dekabr) o‘tkazilishi haqida xabarlar berilgandi. Ammo ma'lum sabablarga ko‘ra, bu jang qoldirilgan.

Bokschining Kun.uz muxbiriga xabar qilishicha, raqib sifatida tanlangan bokschi tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan. 

Endi Jalolov professional ringdagi to‘rtinchi jangini 8 dekabr kuni o‘tkazadi. Raqib nomi yaqin vaqtlar ichida ma'lum bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, Bahodir Jalolov shu yilning yozida professional boksga o‘tgan va 22 iyul kuni dastlabki jangida amerikalik Kurtis Xidni nokautga uchratgandi. Keyinroq u amerikalik Tomas Hovkins va Tayrel Rayt ustidan ham muddatidan avval g‘alaba qozondi.

Top