8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

13:09 / 07.12.2018 17043

Dog‘istonda O‘zbekistonning 25 yoshli fuqarosi o‘z rafiqasini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

Foto: RIA «Dagestan»

Dog‘istonning Qorabudaxkent tumanida O‘zbekistonning 25 yoshli fuqarosi o‘zaro janjallar tufayli turmush o‘rtog‘ini o‘ldirdi.

Bu haqda «Zamana» nashri Rossiya Tergov qo‘mitasining Dog‘iston Respublikasi bo‘yicha vakili Rasul Temirbekovga asosan xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 4 dekabr kuni O‘zbekiston fuqarosi o‘zaro janjallar tufayli turmush o‘rtog‘ining ko‘krak qafasiga pichoq bilan bir necha marta zarba bergan, oqibatda ayol voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Qotil ushlangan. Huquqni muhofaza qilish organlar xodimlari tergov-protsessual harakatlarini olib borishmoqda, deya ta'kidlaydi nashr.

Top