08:34 / 08.12.2018
7364

OAV: Meyning hukumati uni iste'foga chiqishga chaqirdi

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning vazirlar mahkamasi a'zolari agar Brexit bo‘yicha kelishuv tasdiqlanmasa, uni iste'foga chiqishga chaqirishdi. Bu haqda The Daily Telegraph xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, gap Brexit shartlari bo‘yicha Britaniya hamda Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi kelishuv haqida ketmoqda, u Britaniya parlamenti tomonidan ma'qullanishi kerak.

Qayd etilishicha, Britaniya hukumati parlament Meyning Brexit bo‘yicha kelishuvini qo‘llab-quvvatlamaydi, deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga, uch nafar vazir Meyning pozitsiyasidan norozi bo‘lgani sababli iste'foga chiqmoqchi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tereza Mey Brexit bo‘yicha kelishuvni parlamentdan qanday olib o‘tishi aytilgandi.

Top