01:07 / 09.12.2018
25319
Messi 15 mln dollarlik samolyot sotib oldi
Foto: AFP 2018 / EMMANUEL DUNAND

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi oilasi bilan Argentinaga uchish imkoniyatiga ega bo‘lish maqsadida xususiy samolyotga 15 mln dollar sarflashiga to‘g‘ri keldi.

Doble Amarilla ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot 16 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, uning bortida ikkita vannaxona va ikkita oshxona bor. Samolyotning dum qismida Lionelning klubdagi tartib raqami – 10 soni tushirilgan. 

Ayni vaqtda Gulftream V samolyoti Buenos-Ayresda turibdi.

Top