8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

11:46 / 09.12.2018 6231

Tramp o‘z ma'muriyati boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi. Bu prezident jamoasidagi 28-iste'fo

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti ma'muriyati boshlig‘i Jon Kelli iste'foga chiqadi. Bu haqda prezident Donald Tramp ma'lum qilgan.

Tramp Kellini «zo‘r yigit» deb atagan va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan. AQSh prezidenti ma'muriyatining yangi rahbari «yaqin kunlar»da ma'lum qilinadi.

Tramp ma'muriyati rahbarligi uchun asosiy nomzod Nik Ayyers hisoblanmoqda, ayni vaqtda u AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning apparatini boshqarmoqda. 

Jurnalist Bob Vudvordning «Qo‘rquv. Tramp Oq uyda» deb nomlangan, sentabr oyida nashrdan chiqqan kitobida aytilishicha, Jon Kelli bir safar Trampni «tentak» deb atagan. Keyinroq Kelli bu ma'lumotni rad etib chiqdi.

Kellining iste'foga chiqarilishi haqida bir necha hafta avvalroq gapirila boshlangandi. Xabarlarda u Trampning rafiqasi — Melaniya bilan ziddiyatga borgani aytilgan.

Ma'lumot uchun, Tramp prezidentlik lavozimini egallagan 2017 yil yanvaridan buyon uning administratsiyasini jami 28 kishi tark etdi.

Top