10:39 / 10.12.2018
8204

75 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Joriy yilning 8 dekabr kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashovchi O.M. IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 14 sentabr kunidan 8 dekabr kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs Chig‘irchi MFYda joylashgan savdo do‘konidagi shkafidan 75 mln so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni O‘g‘lon MFYda yashovchi U.I. sodir etganligi aniqlanib ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top