12:35 / 10.12.2018
6741

Geodeziya va kartografiya ishlari uchun - ruxsat berishga doir yangi tartib-taomillar

Foto: Flickr

Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.

Agar ilgari “Davgeodezkadastr” qo‘mitasi ro‘yxatga oluvchi organ bo‘lgan bo‘lsa, endi bu vakolat Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasiga (keyingi o‘rinlarda Inspektsiya deb ataladi) berildi. Ruxsat berish tartib-taomilidan o‘tish tartibi esa 2019 yilning 1 martidan boshlab amalga kiritiladi.
 
Ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror geodeziya va (yoki) kartografiya ishlarini amalga oshirish huquqini beradigan hujjat hisoblanadi (amal qilish muddati cheklanmaydi).  U faqat ushbu faoliyat turiga to‘liq yoxud alohida ish turlariga litsenziyaga ega yuridik shaxslarga beriladi.

Ro‘yxatga olinadigan faoliyat turlari 

Quyidagi davlat va maxsus ahamiyatga molik ish turlari uchun ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror zarur:

Shuningdek, ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni rasmiylashtirish  zarur bo‘lmagan ishlar ham ko‘rsatilgan.
 
Ro‘yxatga olish uchun hujjatlar
 
Qarorni olish uchun ariza beruvchi Inspektsiyaga belgilangan shakl bo‘yicha ariza taqdim etishi va quyidagilarni ilova qilishi zarur:

•    arizaning ko‘rib chiqilishi uchun yig‘imni to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat. Bunda davlat byudjyeti hisobidan moliyalashtiriladigan ishlarni ro‘yxatga olish bepul amalga oshiriladi;
•    geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishga texnik loyiha (dastur).
 
Hujjatlar YaIDXP, Inspektsiyaning veb-sayti hamda boshqa elektron tizimlar orqali taqdim etilgan taqdirda ular ariza beruvchining ERI bilan tasdiqlanadi. Inspektsiya xo‘jalik yurituvchi sub'yekt to‘g‘risidagi ma'lumotlarni “Elektron hukumat” tizimining Jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma'lumotlar bazasidan mustaqil ravishda oladi.
 
Arizani ko‘rib chiqish chog‘ida Inspektsiya texloyihalarni ekspertizadan o‘tkazadi va ekspert xulosasini rasmiylashtiradi. Agar u ijobiy bo‘lsa - ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni beradilar. Ariza taqdim etishdan qaror berishgacha bo‘lgan barcha tartib-taomil, jumladan ekspertiza uchun 10 ish kunigacha bo‘lgan muddat talab etiladi.

Yig‘imlar miqdorlari

Arizani ko‘rib chiqish uchun geodeziya va kartografiya ishlarining smeta bahosidan foiz stavkasini to‘lash zarur.

Ishlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni berish uchun EKIHning 20%i miqdorida yig‘im undiriladi.
 
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish va javobgarlik
 
Ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorning amal qilishi ruxsat berish talablari va shartlarining qo‘pol buzilishi uchun tugatiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

•    litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatish;
•    davlat va ma'muriy chegaralarni kartografik materiallarda noto‘g‘ri ko‘rsatish;
•    avval bajarilgan ishlar bo‘yicha materiallar va ma'lumotlarning Davlat kartografiya-geodeziya fondida yig‘ilishi lozim bo‘lganlarini ushbu ishlar tugagandan keyin 3 oy ichida Inspektsiyaga taqdim etmaslik.
•    maxfiy kartografik materiallar va geodezik ma'lumotlarni ko‘paytirish va boshqa tashkilotlarga berish tartibiga amal qilmaslik.
 
Lisenziyasiz va ruxsat beruvchi hujjatlarsiz geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish uchun yuridik shaxslar MJTKning 165-moddasiga binoan jarima ko‘rinishida ma'muriy javobgarlikka tortiladilar.
 
Hujjat 1.03.2019 yildan kuchga kiradi.

Top