8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

18:52 / 10.12.2018 12947

Hindiston ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

Foto: AP

Hindiston yadroviy zaryad tashiy oladigan Agni-V qit'alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berdi PTI agentligi.

Raketa 10 dekabr kuni Odisha shtatidagi Abdul Kalam orolidan uchirilgan. Agni-V ilk bor 2012 yilda sinovdan o‘tkazilgan, 2018 yil yanvar va iyun oylarida ham sinovlar amalga oshirilgandi.

Agni-V 5 mingdan 8 ming kilometrgacha masofaga uchadi. Uning qiymati 2,5 mlrd rupiy ($480 mln) deb baholanmoqda.

Hozirda Hindistonda 10 ming kilometrgacha va suvosti kemasidan ham ucha oladigan Agni-6 raketasi ishlab chiqilmoqda.

Top