17:20 / 10.12.2018
14568
Kun.uz Telegram’da 500 minglik dovondan o‘tdi va Verified belgisiga ega bo‘ldi
Foto: Kun.uz

Kun.uz saytining Telegramdagi rasmiy kanali (@kunuzofficial) maxsus Verified (tasdiqlangan) ko‘k belgiga ega bo‘ldi.

Endilikda internet foydalanuvchilari saytning telegramdagi kanalini maxsus ko‘k belgi orqali boshqa soxta kanallardan oson ajratib olishlari mumkin bo‘ladi. 

Bunday belgi O‘zbekistonda shu vaqtgacha faqat prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot xizmati kanaliga (@shmirziyoyev) berilgandi.

Qayd etish kerakki, shu kunlarda Kun.uz’ning telegramdagi kanalida a'zolar soni 500 000 kishilik dovondan o‘tgandi (11 oy ichida +300 000).

Ayni vaqtda Kun.uz’ning rus tili (@kunuzru) va ingliz tilidagi (@kunuzen) versiyalari uchun lotincha yozuvdagi (@kunuz) rasmiy telegram kanallari ham faoliyat olib bormoqda.

Ma'lumot uchun, saytning boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari - Instagram, Facebook, YouTube, Twitter va Odnoklassniki sahifalari ham Verified belgisini olib bo‘lgan.

Top