08:53 / 10.12.2018
10053

Tramp Pentagonga 750 milliard dollar ajratishga rozi bo‘ldi

Foto: Yuri Gripas/Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonga 750 milliard dollar miqdorida moliyalashtirish ajratishga rozi bo‘ldi. Bu haqda CNN telekanali prezident ma'muriyatidagi manbalarga asosan xabar qilmoqda.

Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, Amerika prezidenti bunday qarorni mudofaa vaziri Jyeyms Mettis hamda kongressmenlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazganidan keyin qabul qildi.

Ta'kidlanishicha, Tramp yaqinda Pentagon uchun 716 milliard dollar miqdorida byudjyet ajratish taklifini «ahmoqlik», degandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSh sobiq davlat kotibi Reks Tillersonni anqov va dangasa deb atagandi.

Mavzuga oid
Top