8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

10:04 / 11.12.2018 28604

CNN: Tramp jiddiy xavotirga tushib qoldi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, impichment «haqiqatan ham yuz berishi mumkin». Bu haqda CNN manbalarga asosan xabar qilmoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp maslahatchilari bilan suhbatda o‘ziga impichment e'lon qilinishi bo‘yicha ehtimoliy holat yuzasidan tashvishda ekanini bildirgan.

Qayd etilishicha, AQSh prezidentining fikricha, bu kongress demokratlar nazorati ostiga o‘tganidan keyin sodir bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, impichment uchun Trampning saylov kampaniyalarini moliyalashtirish qoidalari buzilishiga «aloqador ekani» sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti sobiq advokati Maykl Koenning ko‘rsatmalari tufayli Trampga impichment e'lon qilish masalasi yana avj olgani xabar qilingandi.

Top