22:55 / 11.12.2018
11292

Isko uchun da'vogarlar soni oshmoqda

«Real» yarimhimoyachisi Isko yanvarda jamoani tark etishi mumkin.

Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, Isko bosh murabbiy Santyago Solari bilan kelisholmayapti. Primera 13-turidan o‘rin olgan «Eybar»ga (0:3) qarshi o‘yindan so‘ng, u bosh murabbiyga qo‘l uzatmagan edi. Keyinchalik, futbolchi Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan «Roma»ga (2:0) qarshi bahsda maydonga tushirilmadi.

Ayni paytda futbolchining xizmatiga «Yuventus», «Manchester Siti», «Bavariya», «Chelsi» va «Monako» klublari qiziqmoqda. Uning transfer narxi 90 million yevroga baholanyapti.

Joriy mavsumda Isko 16ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urgan.

Mavzuga oid
Top