8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

17:38 / 11.12.2018 10078

LG kompaniyasi TrueSteam bug‘ texnologiyasiga ega kir yuvish mashinasi reklama roligini taqdim qildi!

LG kompaniyasining bu reklama roligi TrueSteam bug‘ texnologiyasining amalda qo‘llanilayotganini ifoda etadi. Bug‘ning quvvati kiyimlardagi allergenlardan xalos qiladi, musaffolik baxsh etadi, matolarni yumshatish uchun konditsionerlarga ehtiyoj qoldirmaydi.

Foto: LG

LG Electronics kompaniyasining bug‘ning dezinfeksiyalovchi ajoyib xususiyatidan ruhlangan muhandislari True Steam funksiyasiga ega kir yuvish mashinasi ishlab chiqdilar.

«Yangilash» («Osvejit») bug‘ rejimi kiyimlarga o‘rnashib qolgan, ko‘p hollarda allergiya manbasiga aylanadigan noxush hidlarni yuvish vositalaridan foydalanmagan holda bartaraf qiladi va buyumlarga ajib musaffolik baxsh etadi.

Yuvish jarayonida suv bilan qo‘shilgan issiq bug‘ matoga yumshoqlik bilan ta'sir ko‘rsatadi, yuvish vositalarining qoldiqlarini parchalab yuboradi va allergenlarni 99,9%ga zararsizlantiradi. Bu funksiyadan foydalanish yosh bolalar va terisi ta'sirchan bo‘lgan keksalar yashovchi xonadonlarda juda qo‘l keladi.

Liboslarni 20 daqiqaga kir yuvish mashinasiga tashlash va olgandan so‘ng matoning butunligi hamda toza yuvilishi ta'minlangan holda musaffolikdan zavqlanish – axir bu juda ajoyib-ku!

LG TwinWash kir yuvish mashinasi katta oilalar uchun haqiqiy topilma. Chunki unda umumiy sig‘imi roppa-rosa 17 kilogrammni tashkil etuvchi ikkita baraban bo‘lib, bu moslamani ishlatish suvni, elektr energiyasini tejaydi hamda kir yuvish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi.

Yana bir o‘ziga xos jihat – siz barabanlardan alohida tarzda, masalan katta barabanga yetarli darajada kir to‘planmagan paytda kichigidan foydalanishingiz mumkin. Ikkisidan bir paytda foydalanish orqali turli rangdagi liboslarni alohida, lekin birdaniga yuvib olish imkoniyatiga egasiz.

Foto: LG

Demak, LG TwinWash quyidagi qulayliklarni taqdim etadi:

• True Steam funksiyasi;

• bir vaqtda ikki barabandan foydalanish orqali vaqt, suv, elektroenergiya tejamkorligi;

• har qanday turdagi matolar uchun keng qamrovli dasturlar;

• ergonomik dizayn, mashina eshigi 6 gradus qiyalikda joylashgani tufayli kirlarni joylash, olish va jarayonni kuzatish maksimal darajada qulaylashtirilgan;

• tushunarli sensorli panel orqali boshqaruv va smartfonlar orqali ham boshqarish imkoniyatining mavjudligi;

• yuqori sifatda ishlash hamda motor uchun 10 yillik kafolat.

LG TwinWash – samarasi orqali sizni har kuni rohatlantiradigan kir yuvish mashinasi!

 

LG TwinWash mahsulotini xarid qilish va servis xizmati bo‘yicha quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

- “Fleshka” texnobozori (sobiq “Malika” fabrikasi)

- “Ipak Yo‘li” bozori (sobiq “Abu-Saxiy”)

- “GoodZone” do‘koni (+99871 207-03-07)

- “MEDIAPARK Bozori” savdo markazlari tarmog‘i;

- LG kompaniyasining “Next” savdo ko‘ngilochar markazidagi maxsus do‘koni  (+99895 143-00-03).

Foto: LG

“LG Uzbekistan”ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring:

Facebook: www.facebook.com/LGUzbekistan

Instagram: www.instagram.com/LGUzbekistan

Reklama huquqi asosida

Teglar

LG
Top