20:47 / 11.12.2018
9463

O‘zbekistonda ushbu mavsumning eng kuchli chavandozlari aniqlandi

Bugun, 11 dekabr kuni Toshkentdagi “UNIVERSAL JUMPING CLUB” ot sporti kompleksida “Global Tour” musobaqalarining sakkizinchi final bosqichi o‘tkazildi. 

Unda O‘zbekistonning eng ko‘zga ko‘ringan 40 ga yaqin mahoratli chavandozlari g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

Unda "A" kategoriyasida G‘ayrat Nazarov “Kvadro Junior” laqabli oti bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarni Oqil Sobirjonov – "Kamiro" va Xurshid Alimjonov – "Kordon blyu" egalladi.

"S" kategoriyasida Otabek Bahrombekov "Tsedrik" laqabli oti bilan g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Abdurahmon Abdullayev – "Roksi Badjo" va Omar Sharipov – "Flayt" qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning final bosqichiga tashkiliy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lib, chavandozlarning to‘siqlar osha harakatlari mehmonlar va ot sporti ixlosmandlarida yaxshi taassurot qoldirdi.

Shu tariqa “Global Tour” musobaqasining 2018 yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi.

Top