07:40 / 12.12.2018
6422

Huawei moliyaviy direktori garov puli evaziga ozodlikka chiqarildi

Foto: presstv.com

Kanada sudi Huawei kompaniyasining hibsga olingan va AQShga ekstraditsiya qilinishi mumkin bo‘lgan moliyaviy direktori Men Vanchjouni garov puli evaziga ozodlikka chiqardi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Menning ozodlikka chiqarilishi uchun 10 mln Kanada dollari (7,5 mln dollar) miqdorida garov puli kiritish lozim bo‘lgan. Garov pulini ayolning turmush o‘rtog‘i va 4 nafar do‘sti hamda sobiq hamkasbi to‘lab bergan. Endi Men Xitoy va Hongkong pasportini topshirib, Vankuverdagi uyida hibsda qolishi mumkin.

Men Vanchjou AQSh so‘rovi bilan 1 dekabrda Vankuverda hibsga olingan. Ayol AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda Eron bilan bitimlar tuzganlikda ayblanmoqda. AQSh 60 kun ichida Menning aybdorligi isbotlar bilan ta'minlangan ekstraditsiya ishini Kanadaga topshirishi kerak. 

Top