10:00 / 12.12.2018
11776

Strasburgda otishma. To‘rt kishi halok bo‘ldi, yana o‘n kishi jarohatlandi

Foto: REUTERS/Vincent Kessler

Fransiyaning Strasburg shahri markazida otishma yuz berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘ldi va yana 10 inson jarohat oldi, deb xabar qilmoqda Le Figaro Quyi Reyn departamenti (unda Strasburg joylashgan) rasmiylariga tayangan holda.

Otishma mahalliy vaqt bilan kechki soat sakkizlar atrofida (Toshkent vaqti bilan 23:00) shahardagi rojdestvo yarmarkasi yaqinida boshlangan. Hujum qilgan shaxs olomonga qarata o‘t ochdi. U voqea joyida jarohatlandi, ammo qochib ketishga ulgurdi. Hozircha uni qo‘lga olishning uddasidan chiqishmagan.

Foto: REUTERS/Christian Hartmann

Le Figaro ma'lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi 29 yoshda, uning ismi Sharifdir. Xabar qilinishicha, 11 dekabr kuni ertalab politsiya uni hibsga olishni rejalashtirgan, ammo erkak o‘z uyida bo‘lmagan. BFM TV kanali ma'lumotlariga qaraganda, gumonlanuvchi radikallar bilan aloqador.

Top